Ushbu majlisni Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov sо‘zga chiqib majlisni ochib berdi, hamda majlis ishtirokchilariga 2024-yili 25-martdagi 94-sonli buyruqni o‘qib eshitirildi. Buyruqda Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish uchun “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakultetidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalish tanlab olinganligini so‘zladi. Bu akkreditatsiyaga hamma ma’suliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
So‘ng ilmiy-uslubiy kengash raisi U.N.Baltabayev sо‘zga chiqib, “Oziq-ovqat va parfyumeriya kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” hamda “Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlari texnologiyasi” kafedralarida “Ishchi guruhlari” tuzish va birgalikda tayyorgarlik ko‘rilishini aytib o‘tdi. Majlis so‘ngida Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ishchi guruhlari tuzildi va Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi uchun ishchi guruhga vazifalar yuklatildi.