Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti O'quv ishlar boyicha prorektor T.Safarov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.Babaxanova, “Kimyoviy moddalar texnologiyasi” fakulteti dekani Sh.Buxorov, “Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti dekani L. Yusupova, “Yuqori Molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi mudiri R.Adilov, “Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri J.Mo'minov,”Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri Sh.Mengliyev, “Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri” G.Xakimova, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.Saidaxmadovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Baku Oliy neft maktabi vakillari bilan akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun akademik mobillik va qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda professor-o’qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Petroleum Engineering" va "Kimyo muhandisligi" yo'nalishlari bo'yicha qo’shma ta’lim dasturlarni tashkillashtirish reja qilib olindi.