Toshkent kimyo-texnologiya instituti Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinborasi T.Sh.Usmonov fakultet tyutorlari hamda talabalar" Adiblar xiyoboni" ga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupovni xotirlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir, she'riy kecha o'tkazildi.
Tadbirni Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinborasi T.Sh.Usmonov so'zga chiqib ochib berdi. Fakultetning iste'dodli talabalari tomonida shoirning hayoti va ijodi yo'llaridan na'munalar keltirildi va shoir qalamiga mansub she'rlar tadbir qatnashchilariga o'qib eshittirildi.
Bu ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan talabalar kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi va madaniy hordiq chiqarishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov fakultet tyutorlar va talabalar tomonidan Adiblar xiyoboniga tashriflar uyushtirilib, institutning professor-o‘qituvchilari, kafedralarning ma’naviyat bo‘yicha mas’ullari va iqtidorli talabalari ishtirokida ijodkorlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan badiiy kecha, she’riyatxonlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda institut professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan Ibroyim Yusupov hayotiga doir ijod na'munalaridan sherlar yod olindi.
Buyuk ajdodimizning bizga qoldirgan adabiy va ilmiy meroslaridan yoshlarimiz, nafaqat bizning yoshlarimiz, balki ularning ijodiga katta qiziqish bilan murojaat qilib kelayotgan butun dunyo kitobsevarlari o‘zlariga ma’naviy ozuqa va bebaho durdonalar olmoqdalar.
Bugun Toshkent kimyo - texnologiya instituti Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari N.Sh.Zulyarova, fakultet tyutorlari hamda talabalar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.
“Biz bir bo’lsak -yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida o’tkazilayotgan ma’naviyat ma’rafoni doirasida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodiga bag`ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Fakultetning iste'dodli talaba yoshlari tomonidan shoirning hayoti va ijodi yo'llaridan aks ettiruvchi shahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlar kuylandi va shoir qalamiga mansub she'rlar tadbir qatnashchilariga o'qib eshittirildi.
O’tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan talabalar madaniy hordiq chiqarishdi.
Bugun Toshkent kimyo - texnologiya instituti Menejment va professional ta'lim fakulteti dekan o’rinbosari B.Sh.Poyanov, fakultet tyutorlari hamda talabalar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida ta'balarga atroflicha ma'lumotlar berildi. Adibning she'rlari tinglaninb unda qo'llanilgan badiiy san'at usullari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan shoirning she'rlari yod olinib, tadbir so'ngida bahrubayt tashkil etildi. She'riyatga ixlosmand yoshlar ushbu bahrubaytda faol ishtirok etib, tadbir qizg'in tus olishiga sabab bo'ldilar.
Talaba-yoshlar o’tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan madaniy hordiq chiqarishdi.
Adiblar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda!
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni betakror ijodkor, tarjimon, buyuk shaxs va mashhur adib Ibroyim Yusupov ijodi va hayot yo'lini yoshlar o'rtasida o'rganish va targ'ib qilish maqsadida Toshkent-kimyo texnologiya instituti Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari J.T.Siddiqov, fakultetlar tyutorlari hamda talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni YoBKT fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.T.Siddiqov ochib berdi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda institut talaba-yoshlari tomonidan Ibroyim Yusupov she'riyatidan namunalar tinglandi.
Buyuk ajdodimizning bizga qoldirgan adabiy va ilmiy meroslaridan yoshlarimiz, nafaqat bizning yoshlarimiz, balki ularning ijodiga katta qiziqish bilan murojaat qilib kelayotgan butun dunyo kitobsevarlari o‘zlariga ma’naviy ozuqa va bebaho durdonalar olmoqdalar.