O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3775-son qarorining tegishli bandlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5847-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qozog’istonning KIMEP universitetida bo’lib o’tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi “Ma’suliyatli menedjment ta’limi tamoyillari” tashkilotining (UN PRME) doimiy a’zosi sifatida PRME Evroosiyo bo‘limining 2023-yil yakunlari bo’yicha yillik hisobot uchrashivida institutning xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Zebo Abdullaevna Babaxanova qatnashdi.
PRME Evroosiyo bo‘limining yillik hisobot uchrashivida KIMEP prorektori, PRME mas’ul hodimlari Brendan Duprey (Narxoz universiteti, Qozog’iston), Marjan Berniyazova (KIMEP universiteti, Qozog’iston), Evgeniya Pashkevich (IBS Ranepa, RF), Avrora Diaz Soloaga (AlmaU, Qozog’iston), Ekaterina Ivanova (HSE, RF), Aliya Akpaeva (AlmaU, Qozog’iston) va boshqa tashkilot a’zolari ishtirok etdi.
Uchrashuv rejasiga ko’ra 2023-yil bo‘yicha PRME Evroosiyo bo‘limining barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilgan ishlari va faoliyati hisoboti taqdim etildi va 2024-yilga rejalar muhokama etildi, Evroosiyo bo‘limining moliyaviy hisoboti, hamda Lego Foundation tomonidan moliyalashtiriladigan PRME i5 loyihasi rahbari Avrora Diaz tomonidan tashkil etilayotgan seminarlar muhokama etildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti PRME tashkilotining 2020-yildan beri faol a’zosi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston bo‘yicha koordinator hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida PRME Evroosiyo bo‘limining Boshqaruv qo’mitasi tarkibi va Bo’lim faoliyatiga doir meyoriy hujjatlari ko‘rib chiqildi va tashkiliy qo’mita tomonidan 2024-yil uchun tasdiqlandi:
Brendan Duprey - Boshqaruv qo’mita raisi;
Marjan Berniyazova- Boshqaruv qo’mita raisi;
Evgeniya Pashkevich- Bosh kotib;
Avrora Diaz Soloaga – Ta’lim va i5 boyicha mas’ul;
Ekaterina Ivanova – Ilmiy tadqiqot boyicha mas’ul;
Aliya Akpaeva – Moliyachi;
Navruz Erkaev – Talabalar boyicha mas’ul.
PRME Evroosiyo bo‘limining uchrashuvlar natijasida kelishildi:
22-23 aprel kunlari TKTI tomonidan tashkil etilayotgan “Zamonaviy bilimlar Kongressi”ga taklif etilgan spiker sifatida Avrora Diaz taklif etildi va 23-aprel kuni PRME tashkiloti faoliyati hamda PRME i5 pedagogikasi metodikasi bo‘yicha O‘zbekiston universitetlari mas’ul hodimlari uchun amaliy seminar tashkil etishga kelishildi. Ushbu amaliy tashrif davomida O‘zbekiston universitetlarini PRME tashkilotiga a’zolik qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish ta’minlanadi.
20-25 may kunlari TKTI tomonidan tashkil etilayotgan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” ilmiy haftaligida PRME Evroosiyo bo‘limi ham-tashkilotchi sifatida ishtirok etadi, hamda Boshqaruv qo’mita raisi Brendan Duprey bevosita yoki onlayn tarzda taqdimot bilan qatnashadi.
2024-yil davomida har bir a’zo bo’lgan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan barqaror rivojlanish maqsadlariga javob beradigan turli tadbir va amaliy ishlar bajarilishi, jamiyat va keng jamoa bilan uchrashuvlar tashkil etilishi reja qilindi.
2024-yil yakunlari bo’yicha PRME Evroosiyo bo‘limi yillik hisobot uchrashuvini keyingi yilga O’zbekiston hududida tashkil etishga tayyorgarlik ko’rish.
Xizmat safari yakunida Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Z.Babaxanovaga sertifikat taqdim etildi.