2023 yilning 14-15 may kunlari Ozarbayjon davlat neft va gaz universiteti, Ozarbayjon davlat iqtisodiyott universiteti va Baku Oliy neft maktabida universitetlar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Uchrashuvlarni Ozarbayjonning O'zbekistondagi tadbirkorlar va ta'lim muassasalarini muvofiqlashtiruvchi vakolatxonasi raxbari Ruslanbey Imamzoda tomonidan tashkil etildi. Uchrashuvda oziq-ovqat, neft va gaz, ekologiya sohalarida kadrlarni tayyorlash hamda talabalar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etish, neft va gaz kafedralari professor o'qituvchilarini xorijiy stajirovkalarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Ozarbayjon neft va gaz universiteti bilan 1+1 magistratura bo'yicha magistrlarni tayyorlashda qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil qilish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik qilish bo'yicha o'zaro almashuv memorandumi imzolandi.
Baku Oliy neft maktabi bilan ingliz tilida 2+2 va 1+1 talim shakllarida kadrlar tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etishga kelishildi
Neft va gazni kayta ishlash soxasida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga kelishildi hamda Baku Oliy neft maktabi rektori Elmar Eldar o'g'li Kasimov, Ozarbayjon iqtisodiyot universiteti professori Ilxamaxonim Zarbaliyevalar 24-28 may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida o'tkaziladigan "Yashil Kimyo" ilmiy xaftaligida qatnashishlarini bildirishdi. Ozarbayjon Respublikasi Baku shahridagi OTMlardan ilmiy xaftalikida 5 nafar xamkorlar qatnashish xoxishini bildirishdi.