“Buvijonim liboslari” tadbirini o’tkazishdan maqsad qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish. “Moda” ortidan quvib, ma’naviyatimizga zid kiyinish “madaniyati”ning salbiy ta’siridan saqlashdir.
Ko'rik tanlovda 5 ta fakultet jamoalari o'zaro 3 ta shart bo'yicha bellashdi.
Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra:
Menejment va professional ta'lim fakultetiga “Eng faol jamoa”,
Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti “Eng yaxshi liboslar uyg’unligi”,
Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetiga “Eng izlanuvchan jamoa”,
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetiga “Eng latofatli qizlar”,
Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetiga “Eng to’g’ri tanlangan libos” nominatsiyalari berildi.