Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Jadidlar jasorati-millatimiz faxri" hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qilgan edi.

Bugun ushbu tanlov, Toshkent kimyo-texnologiya institutida yuqori saviyada tashkil etilib, unda 20 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar.

Eslatib o'tamiz, tanlovning yakuniy respublika bosqichi 2025-yilning fevral-mart oylarida o‘tkaziladi.