Tashrif davomida institutning rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori X.Pulatov, Oziq-ovqat mahsulotlar texnologiyasi fekulteti dekani U.Baltabayev, Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig’i U.Kadirov, “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi“ kafedrasi mudiri A.Ro’ziboyev va professor R.Akramova ishtirok etishdi.
Uchrashuvda akademik tadqiqotlar bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish shu jumladan Professor Muhammet Arici tomonidan institut professor-o'qituvchilariga, talabalariga va izlanuvchilarga master-klass va seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.