Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich, "Silikat materiallar va nodir metallar texnologiyasi" kafedrasi mudiri Aripova Mastura Hikmatovna, Savdo-sanoat palatasi, O‘zsanoatqurilishbank masʼullari, olimlar, tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadqiqotlar markazini tashkil etishdan asosiy maqsad – ishlab chiqarish korxonalari hamda soha olimlarini bir – biriga yanada yaqinlashtirish, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish alohida eʼtibor qaratish, shuningdek, “Innovatsion aktiv korxona”lar yaratishdan iborat.