Joriy yilning 18-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi va Oʻzbekiston-Vengriya rektorlari II forumi ishtirokchilari Budapeshtdan 200-250 km uzoqlikda joylashgan Szeged va Debretsen universitetlariga tashrif buyurdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Usmonov Szeged universitetiga tashrifi davomida universitetning ta‘lim va ilmiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelajakda “Oziq ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat havfsizligi” yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish mumkinligi aniqlandi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillariga dastlab muhandislik va adabiyot fakultetlari faoliyati hamda universitet kutubxonasining sharqiy adabiyotlar boʻlimi tanishtirildi. Maʼlumot oʻrnida, Seged universiteti Vengriyaning nufuzli universitetlaridan hisoblanadi. Universitet kampusi 12 ta fakultetdan iborat Vengriyadagi eng yirik oʻquv majmualaridan biri bo‘lib, unda 22 000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi, shundan, 5 000 nafarga yaqini chet ellik yoshlardir.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Z.Babaxanova Debretsen universitetiga tashrif buyurib, universitetning ta‘lim va ilmiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillariga agro-sanoat va iqtisodiyot fakultetlari faoliyati hamda universitet kutubxonasi faoliyati bilan tanishtirildi. Universitet kutubxonasi Vengruyning eng yirik kitoblar zaxirasiga ega bo‘lib, milliy kutubxona hisoblanadi. Milliy kutubxonaga qoyilgan talablardan biri - qadimiy ba barcha zamonaviy Vengriyada chop etiladigan barcha kitob va darsliklar nusxalari ushbu kutubxonada saqlanishi shart hisoblanadi. Kutubxonani zamon talablariga moslashish maqsadida ohirgi 3-4 yilda universitet tomonidan yirik rekonsturksiya ishlari amalga oshirilib, hozigi vaqtda kutubxona talaba va shaxar aholisiga qulay sharoitlar bilan farqlanadi. Deyarli barcha kutubxona hizmatlari (kitob topish, olish va topshirish kabi hizmatlar) to’liq raqamlashtirilgan va qo‘shimcha kutubxonachi yodamisiz amalga oshirilishi mumkin. Kutubxona xonalarda qulay dam olish zonalari, alohida seminar auditoriyalari, hamkorlikda gruppalarda ishlashga imkon beradigan seksiyalar va xonalar mavjudligi talabalarni o’ziga tortadi.
Maʼlumot oʻrnida, Debretsen universiteti Vengriyaning eng yirik va nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetda 34 000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi, shundan, 7 000 nafarga yaqini chet ellik yoshlardir, shu jumladan 25 nafar O‘zbekistonlik talabalar tashkil etadi.