Joriy yilning 19-oktabr kuni “InnoWeek-2023” innovatsion haftalik doirasida Vengriyaning Obuda universtiti rektori Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari institutda tashkil qilingan laboratoriya xonalari va jihozlar, olib borilayotgan ilmiy faoliyat va ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek ikki OTM rahbariyati uchrashuvida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil qilish hamda hamkorlikda barpo etilishi rejalashtirilgan INNO Texnoparklar faoliyatiga oid tashkiliy masalar muhokama qilindi.
“InnoWeek-2023” innovatsion haftalik doirasida Vengriyaning Obuda universtiti rektori Levente Kovach va Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun "Artel" korxonasining ishlab chiqarish o’quv markazi texnoparkiga tashrif uyishtirildi.