Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, prorektorlar, institut Yangiyer filiali direktori Z.T.Xakimov institut qoshidagi Akademik litsey direktori Z.Sh.Xolmirzayev, bo'lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Institut ilmiy kengash yig'ilishida kun tartibi bo'yicha Magistratura ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etilish holati va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi yuzasidan Magistratura bo‘limi boshlig‘i.F.Xudayberdievning ma'ruzasi tinglandi. Shundan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyati tahlili yuzasidan Ishchi guruh raisi, markaz direktori. X.Ch.Mirzaqulov ma'ruzasi tinglandi. Yig'ilish davomida Institut tassarufidagi akademik litseyda iqtidorli o‘quvchilarni saralash va o‘qitish sifati yuzasidan Akademik litsey direktori Z.Xolmirzaev ma'ruzasi tinglandi.
Yig'ilish davomida O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxonova Zebo Abdullayevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, rektorning Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, matbuot kotibi Abdulboqiyev Egamnazar Murodjon o'g'li tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda takliflari tinglandi.