Kongresslar O‘zbekistonning Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Arxitektura va qurilish universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, uning Termez filiali, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Qozog‘istonning Jumabek Tashenov nomidagi universiteti hamda Turkiyaning IKSAD tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.
Kongressda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belorussiya, Pokiston, Ruminiya, Moldova, Hindiston, Morokko, Kanada, Filippin, Mongoliya, Misr, Jazoir, Vetnam, kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatdan ilm-fan vakillari ishtirok etdilar.
Ushbu Kongressni o‘tkazishdan maqsad – kimyo, matematika, muhandislik ishi, tabiiy fanlar, veterinariya va qishloq xo‘jalik fanlari, transport, arxitektura, meditsina, sport, iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar, xoreografiya, sanat, madaniyat sohalaridagi yutuqlar, innovatsiyalar, ta'lim sifatini yuqori bosqichga olib chiqishda ushbu fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida erishilayotgan yutuqlarni ko‘rsatish, muammolarni xalqaro miqyosda muhokama etish. Zamonaviy bilim sohalaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy faoliyatda erishilgan salmoqli natijalarni targ‘ib qilish va ushbu sohalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan hulosalar ishlab chiqish anjumanning asosiy vazifasi hisoblandi.
Tadbirda Kongress raisi Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori nomidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Prof. Zebo BOBOXONOVA, Kongress hamraislari - Samarqand Arxitektura va qurilish universiteti rektori professor Chidem Janbay TURKYİLMAZ, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori prof. Jasur Zarifboev, Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori prof. Izimbet Turdimambetov, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi prorektori prof. Mirmuxsin G‘AFUROV, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termez filiali direktor o‘rinbosari prof. Maqsuda SHAMSUTDINOVA, Jumabek Tashenov universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Shahlo NARALIEVA hamda Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti (IKSAD) raisi prof. Mustafa LATIF EMEK (Turkiya) nutq so‘zladilar.
Kongressda xorijiy olimlardan Prof. Hüseyin YILMAZ (Yыldыz texnika universiteti, Turkiya), Doç. Yusuf CİVELEK (Fotih Sulton Mehmet Vakif universiteti, Istanbul, Turkiya), Prof. Yalın Kılıç TÜREL (Firat universiteti, Turkiya), Prof. Eyüp SARITAŞ (Istanbul universiteti, Turkiya), Prof. Ipek Pinar Sahin (Toshkent davlat Transport Universiteti), Prof. Ayten Şerifova (Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti) ham o‘z fikrlarini bildirdilar
Mana 3 yildan buyon Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Turkiya Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti (IKSAD) bilan hamkorlikda bir necha ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Ana shu hamkorlik asosida tashkil etilgan “Science Uzbekistan” platformasi O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligining mamlakatimiz va jahon olimlari va ilmiy tashkilotlari bilan aloqalarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. Ayni paytda respublikamizdagi 8 ta oliy o‘quv yurti va 200 dan ortiq ilmiy hamkorlikdagi mutaxassislarni birlashtirgan “Science Uzbekistan” bugungi kongresslar orqali yana ko‘plab olimlarning ilmiy yutuqlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga imkon beradi.
Kongressda 250 dan ortiq ilm-fan vakillari bevosita va masofadan turib 2 kun davomida ma'ruzalari bilan qatnashdilar, turli fan sohalaiga oid yangiliklar, dolzab mavzular yechimi bo‘yicha fikr almashinib, xulosalar chiqarildi. 23-may kuni Kongresslar o‘z ishini yakunladilar.