Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliev, Sirdaryo viloyatining tumanlari va Yangier shahar hokimi, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Anvar Normamatovich Shernayev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar To‘laganovich Hakimovlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan uchrashdi va filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tashkil etilgan yangi sanoat texnoparki bilan tanishdi.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Muhammadaliev Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchisi bo‘lib Oziq-ovqat fakultetining Don mahsulotlari texnologiyasi ta'lim yo‘nalishi bitiruvchisi bo‘lganligi uchun talabalar bilan ochiq muloqot vaqtida oziq-ovqat yo‘nalishi va qurilish materiallari sohasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqotda viloyat hokimi oʼz tajribasidan kelib chiqib, oliygohda egallangan bilimlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatda toʼgʼri qoʼllash boʼyicha muhim tavsiya va maslahatlarini berdi.
Uchrashuv doirasida talabalarning ijodiy ishlari koʼrgazmasi, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar taqdimoti, "Zakovat" intellektual oʼyini va sport musobaqalari tashkil qilindi. Faol talabalarga Toshkent shahriga sayohat yoʼllanmasi, tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari filial qoshida ochilgan "Yoshlar sanoat texnoparki" faoliyati bilan ham tanishdi. Texnoparkda Oziq-ovqat sohasining tarmoqlari bo‘yicha tashkil etilayotgan ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya jihozlari va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.