Dastavval institutimizning fakultetlarida joylashgan o'quv xonalari, laboratoriyalar, texnoparklar va axborot resurs markazlari ko'zdan kechirildi. Shundan so'ng Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yotoq joylarning talabalarni qabul qilishga shayligi, ularni dars qilishlari uchun yetarlicha imkoniyat yaratilganligi, oshxona, yuvinish xonasi, faollar zali hamda ma'naviyat xonalarining holati o'rganildi.