Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 7-noyabr  sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Turkiyaning Konya texnika universiteti professori Mahmut  Kush tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institutning rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda akademik tadqiqotlar bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi hamda magistr va doktorantlarni birgalikda tayyorlash masalalari muhokama etildi.Shu jumladan Professor Mahmut Kush tomonidan institut professor-o'qituvchilariga, talabalariga va izlanuvchilarga master-klass va seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so'ng professor Mahmut Kush tomonidan institutning “Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Nazariy elektrokimyo” va “Zamonaviy fizikkimyoviy tahlil usullari” fanlaridan “AN EMERGING TECHNOLOGY FOR OUR LIFE:

ORGANIC AND MOLECULAR ELECTRONICS AND PEROVSKITE SOLAR CELLS: FROM INCEPTION TO CUTTING-EDGE RESEARCH“ mavzusida o’quv mashg‘ulot tashkil qilindi.

Seminar-treningda tinglovchilar oʻzlarining fikr-mulohazalari va savol-javoblari bilan faol qatnashdilar.