Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.Babaxanova,Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori A.Shernaev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.Pulatov,"Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish" tarmoq markazi direktori X.Mirzaqulov va Kulobdagi shahardagi Texnologiya va innovatsiyalarni boshqarish instituti Ilmiy maktab direktori Z.Obidov va Raqamlashtirish innovatsiyalar va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori I.Hakimovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda asosan :
Professor-o‘qituvchilarning malakalarini oshirish,
Ilmiy xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy stajirovkalarini yo‘lga qo‘yish;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Texnologiya va innovatsiyalarni boshqarish instituti hamkorligida tizimli va 2+2 ta’lim shaklida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.