Ijtimoiy tarmoqlar

Karyera kuni – Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam!

Karyera kuni – Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam!

2025-yil 26-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Muvaffaqiyatli bandlik – sifatli ta’limning ishonchli kafolati!” shiori ostida “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida Karyera kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir qator yirik tashkilot va korxonalar vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga mehnat bozoridagi yangiliklar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbirni fakultet dekani A.M.Normatov ochib berdi va talabalarga bandlikni ta’minlash, bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish va kasbiy faoliyatni boshlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.

Karyera kunida:

 • “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”

 • “PROMEAT GROUP CORP” MCHJ

 • “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi

 • “Sardoba Agro Holding”

 • AVVISO CERT MCHJ

vakillari ishtirok etishdi va bitiruvchi talabalarga amaliy maslahatlar berishdi.

Tadbir doirasida talabalarga korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ular uchun ochiq muloqot maydoni yaratildi.