Ijtimoiy tarmoqlar

“Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida “Zakovat-LADIES” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!

 “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida “Zakovat-LADIES” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi, universitet rahbariyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi hamkorligida "Zakovat-LADIES" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Ushbu musobaqada Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari ayol professor-o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotlarining ayol pedagog va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti “KIMYOGAR MALIKALARI” jamoasi ham faol ishtirok etib, nufuzli o‘rinlarni egalladi va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bahslar qizg‘in muhitda o‘tib, g‘oliblar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir ayollar faolligini oshirish, ularning kasbiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qildi.