“Kelajagingni bugun belgilab ol!” – Toshkent kimyo-texnologiya institutida kasbga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda
2025-yil 18-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Kimyo" kafedrasi professor-o‘qituvchilari T.F. Olimov, M.Sh. Atamuratova, N.E. Shamadinova va G.A. Sidikovalar tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 26- va 48-maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida bitiruvchilarga kimyo sohasining zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari, oliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlar, Toshkent kimyo-texnologiya institutining ta’lim dasturlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar amaliyoti, zamonaviy laboratoriyalar, xorijiy hamkorliklar va xalqaro loyihalar haqida ham tushunchalar berildi.
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, professor-o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lishdi. Tadbir davomida kimyo faniga qiziqqan yoshlar uchun institutda o‘qish nafaqat bilim olish, balki kasbiy rivojlanish, innovatsion muhitda o‘z o‘rnini topish uchun keng imkoniyatlar eshigi ekanligi ta’kidlandi.
Mazkur targ‘ibot-tashviqot ishlari Toshkent kimyo-texnologiya institutining yosh avlodni kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirish yo‘lida olib borayotgan izchil sa’y-harakatlaridan biridir.