Kelajakka qadam - bitiruvchi-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
2025-yil 9-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Kelajakka qadam” markazi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda “Kelajakka qadam” markazi menejeri M.S.Mirzayev, Karyera markazi" boshlig‘i A.Mirkomilov, "Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari" fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Sh.Poyonov hamda bitiruvchi kurs talablari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda “Kelajakka qadam” markazi menejeri M.S.Mirzayev PQ-61-son qaror mazmuni, “Kelajakka qadam” markazlari faoliyati hamda yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Seminar yakunida talabalar savollariga javob olishdi. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun institutning Karyera markaziga murojaat qilishimgiz mumkin.