“Kelajak muhandislari – 2025” festivali doirasida master-klass tashkil etildi!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida tashkil etilgan master-klass yoshlar uchun ilhom va motivatsiyaga boy bo‘ldi
Ushbu tadbirda mentorlar quyidagi yo‘nalishlarda chiqish qildilar:
Zamonaviy texnologiyalar va texnikaning rivojlanishida muhandislar roli – Prof. Djaxangirova G.Z.
Muhandislik-kimyoviy laboratoriya ishlari – Muhammad Maftun Dilmurodzoda
Chegara bilmas texnologiyalar – PhD. Erkinov F.B.
Qiziqarli kimyo – Dotsent. Nabiyev A.A.
Sun’iy intellekt va animatsiya orqali ilmiy taqdimotlar – PhD. Nurmurodov J.N. & Abdulboqiyev E.A
Astronomiyaga kirish – Sermatov O.O.
Master-klass Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i N.N.Xodjayeva, Yoshlar akademiyasi" yetakchisi S.O.Mavlonboyev hamda “Kreativ kimyogarlar” klubi rahbari J.I.Xolovlar tomonidan tashkillashtirildi.
Ilm, texnologiya va kelajak muhandislariga bag‘ishlangan muhim qadamlardan biridir!