“Kelajak soati” rukni ostida “Mening huquqlarim” mavzusida Ma’rifat darsi o‘tkazildi
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Kelajak soati” rukni doirasida “Mening huquqlarim” mavzusida ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi, darsni fakultet dekani Yusupova Lola Azimovna olib bordi.
Ma’rifat darsining maqsadi — Talabalarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmuni, ularning shaxsiy hayotdagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntirishdan iborat bo'ldi.
Dars davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Huquq va majburiyat uyg‘unligini anglatish, o‘z huquqlaridan oqilona foydalanish va mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga o‘rgatish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari hamda “Yangi O‘zbekiston” islohotlari doirasida inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni talabalarga yoritish.
Talabalarda qonunga hurmat ruhida yashash, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, Vatanga sadoqatli va faol fuqaro sifatida shakllanish motivatsiyasini kuchaytirish.
Shu orqali o‘z huquqlarini himoya qilish, qonunlarga hurmat ruhida yashash, mas’uliyatli fuqaro bo‘lish ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Shuningdek, Prezident Sh.Mirziyoyev ilgari surayotgan g‘oyalar va “Yangi O‘zbekiston” islohotlari doirasida inson huquq va erkinliklariga berilayotgan yuksak e’tibor ham ko‘rib chiqiladi. Talabalar ushbu e’tiborni real hayotiy misollar orqali tushunib, uni kundalik hayotda qo‘llashni o‘rgandilar.