Tadbir avvalida fakultet dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova, fakultet xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Bekmuratova, professor-o'qituvchilar, fakultet tyutorlari ishtirokida ota-onalar bilan muloqot tashkil qilindi.
Tadbirda fakultet dekani Sh.B.Buxorov ta’lim dargohi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq takliflarni oʻrtaga tashladi. Bundan tashqari davlatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalarning institut oldidagi majburiyatlari va oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan nizomlar hamda talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ'ib qilish va kutubxonalardan samarali foydanish masalalariga ham to'xtalib o'tildi, tashkil etilgan to'garaklar boʻyicha batafsil ma'lumotlar berdi.
J.S.Qayumov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qarori va 2017-yil 20-iyundagi 393 sonli qarori hamda o'qishga qabul qilish, ko'chirish, tiklash, chetlashtirish bo'yicha batafsil ma'lumot berdi. Bundan tashqari to'lov shartnoma to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish kerakligini ta'kidladi.
Uchrashuvning badiiy qismida faol talabalar tomonidan she'rlar, go'zal raqslar ijro etildi va barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashildi.
Kongress davomida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, faoliyat olib borayotgan yetuk kimyogar olimlar, professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yaqindan tanishtirildi.