Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida Yoshlarni sogʻlom turmush tarziga rioya qilishini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkazilayotgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining futbol sport turi bo'yicha "Dekan kubogi" 3-tur o'yinlari o'tkazildi.
Oktabr-noyabr oylari davomida bo'lib o'tayotgan sport musobaqasida barcha kurslardan tashkil topgan 44 jamoada 308 nafar talabalar ishtirok etishdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda, talaba-yoshlar charchoq nimaligini bilmasdan, o'z jamoasi sha'nini himoya qilgan holda ajoyib raqobat tashkil etishdi.
Shuni ta'kidlash lozimki, musobaqaning 3-tur bahslari keskin va qiziqarli tarzda bo'lib o'tib, unda quyidagi guruh jamolari keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi:
1. 23-01, 23-02 guruhlari talabalari
2. 22-11guruhi talabalari
3. 23-12 guruhi talabalari
4. B21-02TM4 guruhi talabalari
Ma'lumot uchun:
Talabalar ligasining futbol sport turi bo'yicha final musobaqasi 13-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Bundan tashqari Talabalar ligasi doirasida dekabrga qadar sportning volleybol, kurash, stol tennisi, shahmat va shashka, badminton turlari bo'yicha saralash o'yinlari bo'lib o'tadi.