Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy ozgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan soglom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod togrisida g'amxorlik qilish ustuvor maqsadimizdir.
Uchrashuvda tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.