"Giant Chemical" magniy silikati, funksional adsorbentlar va boshqa kimyoviy moddalardan xomashyolarni yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Tashrifning asosiy maqsadi texnopark infratuzilmasi bilan tanishish va o‘z ishlab chiqarish korxonasini joylashtirish uchun ishlab chiqarish binolarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmonlar infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdilar, mavjud ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar va
Texnopark rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini, jumladan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Delegatsiyaning tashrifi tadbirkorlarning "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkining investitsiyaviy imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganini tasdiqlaydi.