"Ko‘ngil ekologiyasi" tanlovida faxrli natija!
2025-yil 23-may kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni” munosabati bilan “Ko‘ngil ekologiyasi” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda respublikaning 12 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Quvonarli jihati shundaki, institutimiz “Sanoat ekologiyasi” kafedrasining 1-bosqich talabasi Nizomova Gulmiraxon Zoxir qizi yuqori ijodiy salohiyat va ekologik ongni aks ettirgan ishi bilan faxrli III o‘rinni egallab, 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Bu yutuq yosh ijodkorlarimizning atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan e’tibori va ekologik mas’uliyat hissi ortib borayotganidan dalolatdir. Gulmiraxon Zoxir qizini ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ijodiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!