Ijtimoiy tarmoqlar

Konya texnika universitetida ilmiy stajirovka hamda malaka oshirayotgan institutimiz bir guruh professor-o'qituvchilar Konya texnika universiteti rektori professor Osman Nuri Çelik bilan uchrashishdi.

Bunda ikki institutlar orasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarida suhbatlashishdi.

Bundan tashqari "Ilg‘or Materiallar va ularning qo‘llanilishi" kursi doirasida professor Emre Arslanning "Qattiq-suyuqlik va suyuqlik-suyuqlik chegaralarida energiya aylanishi reaksiyalari", dr. Didem Aydinning "Blok-sopolimerlar va yupqa plyonkali ilovalarni tayyorlash", professor İlkay Hilal Gübbükning "Metal qoʻshilgan nanostrukturalar sintezi va ulardan atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kataliz sifatida foydalanish”, Prof.Dr İmren Xatay Patir “Geterobog'lanishli fotokatalizatorlar yordamida fotokatalitik vodorod evolyutsiyasi”mavzularida taqdimotlar tinglandi hamda Ilg'or texnologiyalar tadqiqot va qo'llash markazida tashkil etilgan laboratoriya mashg'ulotlarida ishtirok etishdi.