Ijtimoiy tarmoqlar

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

 "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan jamoatchilik orasida korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu illatga barham berishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi partiyaning Shayxontohur tumani Kengashi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Zuhriddin Mavlonov, partiyaning Shayxontohur tumani Kengashi raisi Dildora Islamova hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Boborajabov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Dastlab korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi.

Shundan so‘ng partiya faollari, ekspertlar va huquqshunoslarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Jarayonda talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.