Ijtimoiy tarmoqlar

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan oziq ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetida 5-davra suxbati psixologik trening bo‘lib o‘tdi!

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan oziq ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetida 5-davra suxbati psixologik trening bo‘lib o‘tdi!

 Bugun “Qizlar haftaligi” doirasida qizlar uchun mo‘ljallangan psixologik trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z-o‘zini anglash, ichki kuchni his etish, stressni yengish va shaxsiy rivojlanish kabi mavzularda chuqur suhbat olib bordilar.

Tadbir mehmoni — malakali psixolog qizlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, hayotdagi muhim ruhiy holatlar, ishonchni mustahkamlash va maqsad sari qat’iy qadam tashlash yo‘llari haqida foydali tavsiyalar berdi.

Trening davomida:  

Interaktiv mashg‘ulotlar

Erkin savol-javoblar

Ruhiy ko‘tarinkilik va ijobiy energiya muhitida suhbatlar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar o‘z fikrlarini bemalol ifoda etishdi, bir-biridan ilhom oldilar va o‘zlarini yanada kuchliroq his etishdi. 

Tadbir yakunida barcha qatnashchilar shaxsiy rivojlanish sari intilish, o‘zini qadrlash va ichki muvozanatni topish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.

“Qizlar haftaligi” davom etmoqda — har bir kun yangi ilhom, yangi imkoniyat demak!