Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning xorijiy xizmat safari yuzasidan hisoboti tinglandi. Jumladan institutimiz rektori joriy yilning 6-7—noyabr kunlari Koreyaning Ulsan hamda Yonse Universitetlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Ulsan Universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Shuningdek 9-10—noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Shandun fanlar akademiyasi qoshidagi institutlar faoliyati bilan tanishish, hamkorlikni yo'lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institutimiz rektoriga Shadun fanlar akademiyasi qoshidagi institut kafedrasi faxriy professori unvoni berildi.
13-noyabr kuni Shimoliy Xitoy Texnologiya Universitetiga tashrif buyurdi. Shundan so'ng 14-noyabr kuni Samarand shahrida bo'lib o'tayotgan O'zbekiston-Turkiya ta'lim forumida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov va Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.Saidahmadovlar ishtirok etdi. Forum doirasida Turkiyaning yetakchi oliygohlaridan biri Xajetepe Universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladilar. Forum davomida B.Sh.Usmonov Sog'liqni saqlash, Farmasevtika va biotexnologiyalar sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish sho'basida ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilarning Akademik ilmiy darajasini olish uchun qo'ygan nomzodlari kengash tomonidan tasdiqlandi.