Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti O'zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisi A.Adxamov va matbuot kotibi E.Abdulboqiyevlar filial faoliyati bilan tanishish, fikr va tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar.
Ular tashrif davomida filial direktori Z.Xakimov boshchiligida filialda talaba yoshlar, professor-o'qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv, laboratoriya, zamonaviy kompyuter xonalari hamda axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdi.
Filial direktori Z.Xakimov bilan avvalo institut va filial talaba yoshlar masalalari hamda media yo'nalishida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi. Xususan, yoshlar siyosatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy, innovatsion va besh muhim tashabbus doirasida amalga oshiriladigan loyihalar borasida o‘zaro kelishib olindi.