Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich "Menejment va kasb ta'limi" fakulteti binosini, o'quv xonalarini va darsliklarni yangi o'quv yiliga shayligini ko'zdan kechirdi.
Shuningdek "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida kapital ta'mirlangan "Menejment va kasb ta'limi" fakulteti binosini ko'zdan kechirdi. Fakultet binosining ichki qismi to'liq ta'mirlanib, xonalar chiroqlari zamonaviylariga almashtirildi, pol qismi yangilanib barcha eshiklar rekonstruktsiya qilindi.
Fakultet sport zalining pol qismiga zamonaviy sport qoplamasi yotqizilib, yangi o'quv yiliga shay holatga keltirildi. Bundan tashqari fakultetning katta majlislar zali ham ta'mirdan chiqrildi, pol qoplamalari yangilandi.