Ushbu anjumanda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Talabalar orasida ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha rektor maslahatchisi O.A.Akromov, Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi R.Mirsamikova, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi A.Abdurahmonov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Aripova hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi.
Dastavval 2023-2024 oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti va yangi oʻquv yili uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalari bilan Xotin-qizlar masalalari boʻyicha fakultet dekan maslahatchilarining axborotlari tinglandi.
Masʼullar tomonidan oʻquv yili davomida maslahatchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fakultet professor-oʻqituvchilari hamda talabalarini qoʻllab quvvatlash, ularni turli tanlov va tadbirlarda ishtirokini taʼminlash borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar muhokama etildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tashkil etilgan ishlar sifati baholab oʻtilib masʼullarga kerakli tavsiya va koʻnikmalar yangi oʻquv yilida yanada tashkil etiladigan ishlar sifatini koʻtarish kerakligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarorlari, institut ichki buyruqlari va topshiriqlarini oʻz muddatida bajarish holati, Oʻquv yilida fakultetda rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ijrosi, ushbu masalalar yuzasidan berilgan topshiriqlar ijro holati, akademik guruh tyutorlari tomonidan talaba-yoshlar va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yillik ish rejalarning bajarilish holati, talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarda besh muhim tashabbus doirasidagi klub, toʻgarak va tanlovlarga jalb qilinganligi, ularning institut hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlardagi ishtiroki boʻyicha amalga oshirilgan vazifalar ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga tegishli tartibda ijtimoiy, maʼnaviy va psixologik yordam berish choralari koʻrilganligi, isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni Respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlanganligi, iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etilish holatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi hamda kerakli tavsiyalar berildi.
O'rganishlar natijasiga ko'ra faoliyati davomida kamchiliklarga yo'l qo'ygan 1 nafar xodimning mehnat shartnomasi bekor qilindi, 1 nafar xodimga xayfsan intizomiy jazo chorasi ko'rildi va 4 nafar xodimlarga rasmiy ogohlantirish berildi.