Ijtimoiy tarmoqlar

Kuni-kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash" oyligi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berib, taraqqiyotning asosiy kuchi bo'lmish yoshlar giyohvandlik qurboni bo'lishi judayam achinarli ekanligini ta'kidladi.



Tadbir ishtirokchilari Shayhontoxur tumani Jinoyat-qidiruv bo'limi tezkor vakili kapitan Sh.Sh. Bahodirov, institut profilaktika inspektori A.G.Ismoilov yoshlarga giyohvand moddalar insonlarning sog'lig'iga, kelajagiga, oilasiga zarar keltiruvchi illat ekanligi yuzasidan ma'lumotlar berdilar.