Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instutiga yurtimizdagi yirik korxonlardan biri bo‘lgan "ENTER Engineering” korxonasidan ma’sul xodimlar tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad korxonada yosh kadrlarga bo‘lgan extiyoj tufayli institutning bitiruvchi kurs bakalavr va magistratura talabalari bilan hamda instituti bilan o‘zaro aloqalarni yanada yaqinlashtirish maqsadida instituti rahbariyati rektor B.Sh.Usmonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.L.Pulatov va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.M.Mirkomilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni instituti rektori B.Sh.Usmonov ochib berdilar. Tadbir davomida korxoadan tashrib buyurgan - "ENTER Engineering Pte. Ltd Kompaniyaning Kadrlar tayyorlash va rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Baisov Ulugbek Karabekovich Korxona xaqida talabalarga ma’lumot berdilar.
Enter Engineering — Dong taratgan EPC-pudratchi!
Enter Engineering — 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, regiondagi tobora taraqqiy etayotgan yirik kompaniyalardan biri. Аyni kunda kompaniya Markaziy Osiyoda neft-gaz, sanoat va fuqarolik obyektlari bunyodkorligi bozorida mustahkam pozitsiyani egallab turgan yirik korxonalardan biridir.
Tadbir davomida Enter Engineering qoshida yangi tashkil etilyotgan yangi loyiha "Ferkensco Management Limited" xaqida Kim Yekaterina Vilorievna - Kadrlar va ma'muriy ishlar bloki boshlig'ining o'rinbosar tanishtirib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida ochiq muloqat sifatida talabalar o‘zi qiziqan savollarga javob oldilar. Korxona mutassadilari eng yashi savollar uchun talablarga korxona tomonidan estalik sovg‘alari bilan tabrikladilar.