Ijtimoiy tarmoqlar

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti "Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo" kafedrasi professor-o'qituvchilari Yunusobod tumanidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurishdi.

Ushbu uchrashuvda talabalarning kasb-hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda shuningdek, kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar va o'quv jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot berildi va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.