Tadbirda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.N. Xodjayeva va “Kreativ kimyogarlar” klubi yetakchisi J.I.Xolov ishtirok etib, talabalarning ilmiy va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida quyidagi mavzular atroflicha yoritildi:
• Startaplar va innovatsion loyihalar: Talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish va ularning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
• Ilmiy g‘oyalar: Zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda, talabalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ilmiy ishlanmalar haqida fikr almashildi.
• Maqsadli rejalar: Institutning iqtidorli talabalar uchun yil davomida rejalashtirgan maqsadli loyihalari, tadbir va dasturlari belgilab olindi.
Tadbirda iqtidorli talabalar o‘zlarining g‘oya va takliflarini taqdim etishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Ularning loyihalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, kelgusida qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari aniqlandi. Shu bilan birga, institutning yillik faoliyat rejasida iqtidorli talabalar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, ilmiy va ijodiy ishlarga jalb etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur uchrashuv talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.