Ijtimoiy tarmoqlar

Kuz-qish mavsumi doirasida talabalar yashash sharoitlari va yong'in xavfsizlizligi muntazam o'rganilmoqda

Avval xabar berilganidek, Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024-yil 11-noyabr kuni tasdiqlangan “Ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini hamda talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, mavjud texnika jihozlaridan to‘g‘ri foydalanayotganligi, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish reja-grafigi” asosida Talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning shart-sharoitlari fakultetlar kesimida tahliliy o‘rganib borilmoqda.

Qayd etish joizki, Toshkent kimyo-texnologiya instituti ishchi guruhi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida talabalarning xavfsizligini ta'minlash, baxtsiz hodisalar, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir ishlar doimiy diqqat markazida. Jumladan, 26-noyabr kuni ishchi guruh a’zolari Talabalarni turar joy bilan ta'minlash bo'limi boshlig’i Z.N.Jo'raqulov, bo'lim xodimi A.A.Doniyorov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov, Registrator ofisi xodimi T.Sh.Usmonov hamda tyutorlar joylarga chiqib, ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini har tomonlama ko‘zdan kechirdilar.

Tadbir davomida talabalar bilan yong‘in xavfsizligi, elektr jihozlaridan foydalanishning me’yorlari va qoidalari, qo‘lbola va nostandart isitish vositalarining xavfi, is gazidan zaharlanishning oldini olish kabi masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, uy sharoitida gaz so‘rish vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, qo‘lbola shlanglar orqali gaz ulash xavf-xatarlari, tez alangalanuvchi vositalarni yong‘in manbaiga yaqin joylashtirish oqibatlari haqida ogohlantirildi.

Mazkur tadbirda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhim tavsiyalar berilib, talabalar xavfsizligini ta’minlash uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishiga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tadbirlar talabalar hayoti va salomatligini muhofaza qilishda, shuningdek, xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.