Ijtimoiy tarmoqlar

"Latviya tabiiy fanlar va Texnologiyalar universiteti" (LBTU) delegatsiyasi Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi

undefined


2023-yilning 21-fevral kuni Latviya tabiiy fanlar va Texnologiyalar universiteti" Xalqaro Hamkorlik markazi boshlig'i Voldemaris Bariss va "Oziq-ovqat texnologiyasi" fakulteti prof. Daсe Сlava bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti va kafedralari, Menejment va kasb ta'limi fakulteti o'rtasida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida "Latviya tabiiy fanlar va Texnologiyalar universiteti" bilan qo'shma ta'lim yo'nalishlarida hamkorlikni keng yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.


undefined


Hozirgi vaqtda TKTI-LBTU hamkorlikda "Oziq-ovqat texnologiyasi" yonalishi bo'yicha "2+2" ikki tomonlama diplom berish bakalavriat dasturi amalga oshirilmoqda va ingliz tilida oqish olib borilmoqda. Talabalar 2 yil Toshkentda oqigandan so'ng, 2 yil Latviyada oqishni davom ettiradi, oqish yakunida esa 2 ta diplomga ega bo'ladi.