2026-yil 10-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida ushbu shior ostida ekologik aksiya hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institutning “Sanoat ekologiyasi va ‘Yashil’ texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, faol talaba-yoshlar hamda ekovolontyorlar faol ishtirok etdilar.
Ekologik hashar davomida institutga yondosh bo‘lgan mahalla hududlarida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, belgilangan chiqindi tashlash joylariga olib chiqildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va hududlarni ozoda saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ushbu tadbir ekologik madaniyatni oshirish, yashil muhitni shakllantirish hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qildi.