Ijtimoiy tarmoqlar

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” — Toshkent kimyo-texnologiya institutida ekologik aksiya

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” — Toshkent kimyo-texnologiya institutida ekologik aksiya

2025-yil 13-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiya hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institutning “Sanoat ekologiyasi va ‘Yashil’ texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, faol talaba-yoshlar hamda ekovolontyorlar ishtirok etdilar.

Ekologik hashar davomida institutga yondosh mahalla hududlarida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, belgilangan chiqindi tashlash joylariga olib chiqildi, xazon va quruq shox-shabbalar tozalandi. Shuningdek, aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish hamda hududlarni ozoda saqlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur aksiya atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qildi.