Ijtimoiy tarmoqlar

Maktab bitiruvchi qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Maktab bitiruvchi qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2025-yil 1-may kuni “Ammofos-Maksam” AJ korxonasida fan va texnika yo‘lini tanlayotgan qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga bag‘ishlangan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Mavzuga oid uchrashuv “Bilimli qizlar – jamiyat ko‘zgusi” degan ruhlantiruvchi shior ostida o‘tkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad maktab oʻquvchilari oʻrtasida texnik va tabiiy fanlarni ommalashtirish, ularning kimyo sanoatidagi martaba haqidagi tushunchalarini kengaytirish, gender stereotiplarini yoʻq qilish va oʻziga boʻlgan ishonchni shakllantirishdan iborat.

Tadbir ishtirokchilari

Tadbirda Olmaliq shahar maktablarining 100 nafarga yaqin o‘quvchi qizlari ishtirok etdi. Faxriy mehmonlar va ma’ruzachilar qatorida quyidagilar ham bor edi:

Tadbirda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi S. Abduraxmonova, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektor maslahatchisi, "Tillar" kafedrasi professori G.Aripova, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahri filiali dekani A.Abduraximova, Olmaliq shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Olmaliq shahar IIB JXX XPB XQMB katta inspektori hamda Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Nima muhokama qilindi?

So‘zga chiqqanlar oliy ma’lumot olish, ayniqsa, muhandislik va kimyo-texnologiya yo‘nalishida oliy ma’lumot olishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Ishtirokchilarga oliy o‘quv yurtlarida, jumladan, poytaxtning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri, Toshkent kimyo-texnologiya universitetida tahsil olish imkoniyatlari haqida, yani kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy va dual ta’lim shakllari mavjudligi.

2025-yilda ochilishi rejalashtirilgan Ilgʻor muhandislik maktabi kabi kelajakdagi taʼlim loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qizlarga STEM yo’nalishlari bo'yicha kasblar faqat erkaklar uchun emasligi eslatildi.

“Bilimli qizlar – jamiyat ko‘zgusi” nima?

Bu shunchaki shior emas - bu ijtimoiy va ma'rifiy tashabbusdir:

• qizlar o'rtasida ta'lim motivatsiyasini oshirish;

• muhandislik-texnik ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

• maktablar, oliy o‘quv yurtlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;

• ta'lim va fan sohasida teng imkoniyatlar g'oyasini ilgari surish.

Bunday tashabbuslar Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, o‘z ijtimoiy mas’uliyatini his qilgan kimyo sanoati korxonalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.