Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabav yig’ilishni kirish so’zi bilan ochib berib, kun tartibidagi jamoa orasida olib borilayotgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini ta’minlashga mo’ljallangan ma’naviyat faollari uchun amaliy tavsiyalarni berdi
Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda amalga oshirilgan ishlarining yarim yillik hisoboti hamda keyingi yarim yillik rejalari xususida barcha fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlarining hisobotlari tinglandi.
Ijarada yashovchi talabalarning ijara to’lovlarining yarmini qoplashda yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari to'g'risida Talablarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'lim boshlig'i Z.N.Jo'raqulov kerakli tavsiya va ko'nikmalarni berdi.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’lim bosh mutaxassisi D.Marufova tomonidan Tyutorlarning faoliyatida zamonaviy metodlar , talabalarni ijtimoiy faollik indeksi bo’yicha baholab borish mezonlari to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.
Dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan tizimga oid takliflar, faoliyatida uchrab turgan muammolar to'g'risidagi fikrlar qizg'in muhokama etildi.
B.N.Boborajabov tomonidan kafedra hamda bo'limlarda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar ko'lamini kengaytirish, kafedra kunlari doirasida ma'naviy tadbirlar saviyasiga jiddiy e'tibor qaratilishi hamda ish rejalarning ijrosini yuqori saviyada bajarilishi to'g'risida kerakli ko'rsatmalar berildi.
Yig'ilish so'ngida an'anaga aylanib ulgurgan, jamoa orasida tavallud ayyomlarini nishonlagan kengash a'zolariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.