“Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'ldi o'tdi.
2025-yil 28-aprel kuni Farg'ona davlat texnika universitetining Madaniyat saroyida “Maʼrifat maydoni” Respublika ko'rik tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Andijon davlat universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoalari 3 ta asosiy shart bo‘yicha o'zaro bellashdilar.
1-shart bo'yicha “Adib hayoti” Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganib, ularning ibratli umr yo‘llarini mukammal ko‘rsatib ko‘rgazmali taqdimot shaklida namoyish etishdi.
Ushbu shartda institutning "Kimyogar" jamoasi O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri adib Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini madh etishdi.
2-shart “Tezkor savol-javob”. Respublika ishchi guruh tomonidan savollar tuzilib joylarga yetkazildi.
Jamoalarga hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan savollar berildi va ushbu savollarga javob berish uchun jamoalarga, har bir savol uchun 60 soniyadan vaqt ajratildi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda jamoaviy javob berildi. Ushbu shart 0.5 ballik tizimda jami 5 ball bilan baholandi.
3-shart — “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.
Ushbu shartda adiblar xiyobonida haykallari о‘rnatilgan va o‘rnatilmagan barcha atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya ijro etildi. Shart uchun 30 daqiqagacha vaqt berildi. Quyida keltirib o‘tilgan shart sahnada ijro etilgan kompozitsiya tanlangan asarning badiiy-g‘oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi va ijrochilarning mahorat darajasini e'tiborga olib 10 ballik tizimda baholandi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi tomonidan oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag'ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiya namoyish etildi.