“Ma’rifat ulashib” loyihasining 4-davrasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov muzeyiga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida adiblar shoirning hayoti va ijod yo‘lini aks ettiruvchi eksponatlar — dastlabki kitoblari, turli nashrlarda chop etilgan maqola va she’rlari, xorijiy tillarga tarjima qilingan asarlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich muzey tashkil topishi hamda faoliyati haqida tanishtirib o'tar ekan, muzeydagi samimiy muhitda Ibroyim Yusupovning she’rlari yoddan o‘qildi, shoir ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifodasini topdi.