“Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo'ldi o'tdi.
Kuni kecha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining madaniyat saroyida “Maʼrifat maydoni” Respublika ko'rik tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoalari 3 ta asosiy shart bo‘yicha o'zaro bellashdilar.
1-shart bo'yicha “Adib hayoti” Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganib, ularning ibratli umr yo‘llarini mukammal ko‘rsatib ko‘rgazmali taqdimot shaklida namoyish etishdi.
Ushbu shartda institutning "Kimyogar" jamoasi O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri adib Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini madh etishdi.
2-shart “Tezkor savol-javob”. Respublika ishchi guruh tomonidan savollar tuzilib joylarga yetkazildi.
Jamoalarga hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan savollar berildi va ushbu savollarga javob berish uchun jamoalarga, har bir savol uchun 30 soniyadan vaqt ajratildi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda jamoaviy javob berildi. Ushbu shart 0.5 ballik tizimda jami 5 ball bilan baholandi.
3-shart — “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.
Ushbu shartda adiblar xiyobonida haykallari о‘rnatilgan va o‘rnatilmagan barcha atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya ijro etildi. Shart uchun 30 daqiqagacha vaqt berildi. Quyida keltirib o‘tilgan shart sahnada ijro etilgan kompozitsiya tanlangan asarning badiiy-g‘oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi va ijrochilarning mahorat darajasini e'tiborga olib 10 ballik tizimda baholandi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi tomonidan oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag'ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiya namoyish etildi.
Tanlangan asarning badiiy-g‘oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi va ijrochilarning mahorat darajasini inobatga olib institut jamoasi eng yuqori ball bilan tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek - “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ulami ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”.
Yurtboshimizning shu so‘zlaridan kelib chiqib, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan shahidlar, adiblar, shoirlar hayotining real voqeliklarini xalqimizga yetkazib berishimiz kerak, shoirlar, adiblar hayotidan bir kun, yoki ularning hayotidan ibrat bo‘ladigan voqeliklarni teatrlashtirilgan sahna orqali yoshlarimizga yetkazib berish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shu orqali yanada shakillantiramiz.
Institutning "Kimyogar" jamoasi a'zolari hamda ularning badiiy rahbarlariga institut rahbaryati hamda ko'p sonli talabalar nomidan tanlovning keyingi bosqichlarida omad va zafarlar tilab qolamiz