"Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuv doirasida Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 148-umumta'lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi 4-davrasini amalga oshirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos Olimjon Davlatov , O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi, shoira Sharifa Salimova va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Vafo Fayzulloh ishtirokida Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 148-umumta'lim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida maktab o'quvchilari va o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda adiblar o'quvchilarga klassik va zamonaviy o'zbek adabiyoti haqida qizg'in davra suhbati uyushtirdi. Adiblar o'z ijod na'munlaridan o'qib berdi. Shundan so'ng o'quvchilardan ham she'r va qo'shiqlar tinglandi. Mehmonlar savol-javoblar yakunida eng sara kitoblarni mutolaa uchun tavsiya qilishdi.