Mas’ullar Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar sharoitlarni o‘rgandilar.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti mas’ul xodimlari Talabalar istiqomat qilayotgan xonalarga tashrif buyurib, sanitariya holati, xavfsizlik choralari, isitish va yoritish tizimlari, internet tezligi, maishiy qulayliklar hamda umumiy tartib-intizom bo‘yicha amaldagi vaziyatni baholadi.
Har bir qavatda talabalarning fikrlari tinglanib, ularning talab va ehtiyojlari, mavjud muammolar hamda takliflari bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Bildirilgan muammolar yuzasidan mas’ullar tomonidan mas’ul bo‘limlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Tashrif jarayonida mas’ullar TTJdagi sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini ta’minlash institut uchun ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi
Mazkur tashrif yotoqxona sharoitlarini takomillashtirish, talabalarning qulayligini oshirish hamda ularning ehtiyojlariga tezkor javob berishni maqsad qilgan holda amalga oshirildi.